
Stounz va Xenderson bugun Angliyaga yordam bera olmaydi
Angliya terma jamoasi futbolchilari - Jon Stounz (himoyachi) va Jordan Xenderson (yarim himoyachi) bugun bo‘lib o‘tadigan Ispaniyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishadi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala futbolchi ham avvalgi o‘yinlarda ko‘rsatilgan sariq kartochkalar soni ortib ketgani sababli diskvalifikatsiyaga uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Denni Rouz va Aleks Makkarti kabi futbolchilar ham jarohati sabab Angliya terma jamoasi lagerini tark etishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya - Angliya uchrashuvi bugun Sevilya shahridagi "Benito Vilyamarin" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar