Superhujumchiga aylangan Belottini oladigan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 17 fevral, 2017, 21:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatida "Torino" sharafini munosib himoya qilayotgan hujumchi Andrea Belotti joriy mavsumda ko‘p gol urayotgan grand klublar nigohini unga qaratdi. Buni o‘z vaqtida payqagan "Torino" rahbarlari futbolchi bilan shartnomani yangilab, uning transfer summasini 100 million evro qilib belgiladi.

Tecno
 

Shunda ham Angliya va Ispaniyaning grand klublari Belottini olish fikridan qaytgani yo‘q. Balki xaridorlar safi kengaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andrea Belotti "Bavariya" tarkibiga qo‘shilishi haqiqatga yaqin ekan. Myunxen klubini boshqarayotgan italiyalik taniqli murabbiy Karlo Anchelotti o‘z shogirdlari orasida Belottini ham ko‘rmoqchi. Andrea joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda 19 ta gol urib, superhujumchi darajasiga etganini namoyish qilmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!