
Luis Enrike uch nafar yulduzni asosiy tarkibdan chetlatdi
“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrike ijaradan qaytgan mashhur futbolchilardan uch nafari asosiy jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shmadi.
Ispaniyalik Marko Asensio va Karlos Soler, shuningdek, slovakiyalik himoyachi Milan Shkrinyar zaxira o‘yinchilari mashg‘ulotlariga jo‘natib yuborildi.
Ok Diario nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Luis Enrike kelasi mavsum ham bu o‘yinchilarga o‘z jamoasidan joy bermoqchi emas. Shuning uchun ham ularni ispaniyalik murabbiy shaxsan o‘zi o‘tkazadigan mashg‘ulotlarda qatnashishiga yo‘l qo‘ymadi.
Bundan tashqari, zaxira jamoasi o‘yinchilariga mashg‘ulotlarda kamroq yuklama beriladi. Bu boshqa klublarga o‘tishi kerak bo‘lgan futbolchilarni shikastlanishdan saqlaydi.
O‘z davrida PSJga katta umidlar bilan olib kelingan har uchala charm to‘p ustasiga da’vogar klublar chiqmoqda. Solerni “Vilyarreal” chaqiryapti. Asensio va Shkrinyarga “Fenerbahche” ish taklif qilgan.
Fikrlar