Tennis go‘zallari Rossiyada jam bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “St. Petersburg Ladies Trophy – 2018” turnirining saralash bahslariga qur’a tashlandi.

29 yanvardan 4 fevralga qadar o‘tkaziladigan musobaqaning saralashida chexiyalik Kristina Plishkova eng kuchli tennischi deya e’tirof etilmoqda. U asosiy to‘rga chiqish uchun o‘tadigan bellashuvlarning birinchi davrasida, turkiyalik Basak Eraydinga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning ushbu bosqichida hamyurtimiz Sabina Sharipova ispaniyalik Lara Arruabarrena bilan raqobatlashadi.

Qur’aning to‘liq natijasi bilan shu havola orqali tanishasiz.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!