Terri Anri "Aston Villa"da ish boshlashi mumkin

  • 07.10.2018 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ayni damda Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga assistentlik qilayotgan frantsiyalik mashhur futbol yulduzi Terri Anri Angliyada ish boshlashi mumkin.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli frantsiyalik mutaxassisga Birmingemning “Aston Villa” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, ushbu jamoa kecha Stiv Bryusni bosh murabbiy lavozimidan ozod etgan edi.

Ma’lumot uchun, “Aston Villa” Chempionshipning o‘tgan 12ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!