
Tezkor xabar! PSJ transfer derazasi yopilishi arafasida Villianni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villian faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar bugun 30 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha “aristokratlar”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, qishki transferlar derazasi Angliyada bugun, Frantsiyada esa ertaga rasman yopiladi.
PSJning bunday qarorga kelishiga jamoa etakchisi Neymarning kutilmaganda uzoq muddatga safdan chiqqani sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yoz “Barselona” Villianni sotib olishga jiddiy urunib ko‘rgan edi. O‘shanda “Chelsi” rahbariyati uning transferini 70 mln evroga baholagan edi.
Fikrlar