Tog‘ chang‘ichimiz xalqaro musobaqada oltin medal oldi

BEPUL PROPAN

22-24 yanvar kunlari Qirg‘izistonda tog‘ chang‘isi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Markazi Osiyo mintaqasi vakillari o‘rtasida kechgan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zosi Komiljon To‘xtaev slalom yo‘nalishida 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Manbaning xabar berishicha, ushbu musobaqada ishtirok etgan boshqa bir hamyurtimiz Rolan Raimqulov bronza medalini qo‘lga kiritgan. Ta’kidlash joiz, ikki haftadan so‘ng start oladigan navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlarida Komiljon To‘xtaev slalom yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!