Toshkentlik karatechilar shohsupaga ko‘tarildi
Samarqand viloyatining Samarqand tumani 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida karate WKF bo‘yicha "Tuman xokimi" kubogi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Toshkent shahri sharafini Uchtepa tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari himoya qildi.
Ushbu musobaqada poytaxt sharafini himoya qilgan Alisher Ergashev, Islombek Rustamov, Jovudxon Nasimov va Xadicha Farxodova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek Dilnura Abubakirova, Sabrina Qo‘chqorova hamda Fotima Po‘latova o‘z vazn toifalarida uchinchi o‘rinni egallashdi.

Fikrlar