
"Tottenxem" "Real"ga Eriksenning narxini ma’lum qildi
Londonning "Tottenxem" klubi daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksenga jiddiy qiziqish bildirayotgan "Real"ga uning narxini e’lon qildi.
AS tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 26 yoshli futbolchisini 250 mln evroga baholashmoqda. Biroq, madridliklar bitta futbolchi uchun “Tottenxem”ga buncha pul to‘lamoqchi emas va muzokaralar davomida ushbu narxni tushirmoqchi. “Qirollik klubi” mavsum yakunlangach Eriksenni taxminan 100-110 mln evroga xarid qilishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol va 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar