"Tottenxem" hujumchisiga La Liga grandlaridan biri qiziqish bildirmoqda

  • 9 noyabr, 2018, 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Fernando Lorente jamoadan ketishga juda yaqin turibdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Atletik” Bilbao klubi rahbariyati uni yana jamoaga qaytarishmoqchi. Aytish lozimki, 33 yoshli ispaniyalik futbolchining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va ular qishda Lorenteni sotib yuborishga mutlaqo qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Lorente “Atletik” safida jami 2005-2013 yillarda to‘p surgan va 327ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 111ta gol kiritishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lorente Ispaniyaga qaytish niyatida ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!