Asosiy mazmunga oʻtish

Osiyo O'yinlar

Triatlon: Vakillarimiz 7-o‘rinda

Bahodir Hasanov
Izohlar: 0

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini rasman yakunladi.

Osiyo o‘yinlarining hamyurtlarimiz ishtirokidagi eng so‘nggi bellashuvida ham g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Triatlon bahslarining miksed yo‘nalishining final bosqichida bahslarga kirishgan vakillarimiz 13 davlat ichida 7-o‘rinni band etishdi.

Xususan, oltin medal Yaponiya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, kumush medal Janubiy Koreya, bronza medal esa Gonkong vakillariga topshirildi. 

Qayd etish lozim, shu bilan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zining Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini rasman yakunladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q