
Uesli Sneyder "Yuventus"ning EChLda g‘olib chiqishiga ishonmayapti
Milanning “Inter” klubi sobiq a’zosi Uesli Sneyder garchi “Yuventus” o‘z safiga Krishtianu Ronaldudek futbolchini qo‘shib olgan bo‘lsada, baribir Chempionlar ligasida g‘olib chiqolmasligini aytdi.
“Men bunga ishonmayman. Bu erda bir futbolchi hamma narsani hal qila olmaydi, uning yolg‘iz o‘zi jamoani Chempionlar ligasida ustunlikka erishishi uchun kifoya qilmaydi. Bu musobaqada “Yuventus”dan kuchliroq jamoalar bor.
Ular Italiya chempionligini qo‘lga kirita olishmasa ajablangan bo‘lardim. Lekin, EChLda g‘olib chiqish uchun yanada kuchliroq bo‘lish kerak.
Krishtianuga Italiyada qiyin bo‘ladi deb o‘ylamayman. U haqiqiy professional va shu bois ushbu muhitga tez moslashadi deb o‘ylayman”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Fikrlar