Urugvay – Saudiya Arabistoni. Prevyu

  • 20 iyun, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rostov shahridagi "Rostov-Arena"da JCh-2018ning “A” guruhida 2-tur uchrashuvlari davo ettiriladi. Aniqrog‘i, Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Ushbu o‘yinni frantsiyalik Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda ushbu jamoalarning guruhdagi holati turlicha. Masalan, Urugvay ilk turda Misrni (1:0) engan va hisobida uch ochko mavjud. Saudiyaliklar esa aksincha, ilk turda mezbon Rossiyaga yirik (5:0) hisobda mag‘lub bo‘lishgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, agar Urugvay ushbu o‘yinda g‘alaba qozona olsa, pley-off masalasini muddatidan avval hal qilgan bo‘ladi. Mobodo, Saudiya Arabistoni sensatsion tarzda urugvayliklarni engib chiqsa, u holda arablarda ham keyingi bosqichga chiqishlari uchun imkoniyat paydo bo‘ladi.

Urugvay hamda Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan qiziqarli faktlar:

- Ushbu terma jamoalar bungacha rasmiy musobaqalarda to‘qnash kelishmagan. Faqatgina 2002 hamda 2014 yillarda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishgan. Dastlabki bahsda saudiyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, so‘nggi o‘yin 1:1 hisobi qayd etilgan;

- Saudiya Arabistoni so‘nggi to‘rtta bahsda raqiblari darvozasiga 2ta gol urib, o‘z darvozasidan 12ta gol o‘tkazib yuborgan;

- Urugvay terma jamoasi esa so‘nggi to‘rtta bahsda 7ta gol urgan va o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazib yubormagan;

- FIFA reytingida Urugvay 14-pog‘onani egallab turibdi, Saudiya Arabistoni esa 67-o‘rinda.

Jamoalarning ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilardan iborat tahminiy tarkibi:

Urugvay – Saudiya Arabistoni

Stadion: "Rostov-Arena" (Rostov, Rossiya)

Boshlanish vaqti: 20:00

Bosh hakam: Kleman Tyurpen (Frantsiya)

Urugvay: Muslera – Varela, Ximenes, Godin, Kaseres, Vesino, Bentankur, Nandes, De Arraskaeta, Suares, Kavani.

Saudiya Arabistoni: Al-Mayyuf – Al-Burayk, Umar Xavsavi, Usama Xavsavi, Al-Shaxrani, Otayf, Al-Faraj, Al-Jassim, Al-Shexri, Al-Davsari, Al-Muvallad.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!