Urugvay terma jamoasi hujumchisi rus klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 02.08.2018 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ayni damda erkin agent maqomida yurgan urugvaylik hujumchi Abel Ernandes faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, 28 yoshli futbolchi Moskvaning TsSKA klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Ernandesning so‘nggi jamoasi Angliyaning "Xall Siti" klubi bo‘lgan. U shuningdek "Sentral Espanol", "Penyarol" (ikkalasi ham Urugvay klublari) va "Palermo" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!