
"Uzbek Tigers" murabbiylari "Astana Arlans"ga qarshi superjangga Hasanboy Do‘smatov boshchiligida eng kuchli tarkibni tushiradi
The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi o‘z g‘alabalari bilan muxlislari olqishiga sazovor bo‘lmoqda.
"O‘zbek yo‘lbarslari" Toshkent shahrida o‘tgan uchrashuvlarda guruhdagi raqiblari - Rossiyaning "Patriot Boxing Team" va Xitoyning "China Dragons" jamoalarini bir xil - 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi "Uzbek Tigers" bokschilari "S" guruhining beshinchi tur uchrashuvida guruh peshqadami "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasini qabul qiladi.
1 aprel kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkaziladigan muhim uchrashuvda "Uzbek Tigers" jamoasi sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi.
49 kilogramm: Olimpiya chempioni - Hasanboy Do‘smatov
56 kilogramm: O‘zbekiston chempioni - Abdulhay Shorahmatov
64 kilogamm: Jahon chempionati sovrindori - Elnur Abduraimov
75 kilogramm: Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori - Isroil Madrimov
91 kilogramm: O‘zbekiston chempioni - Zuhriddin Mahkamov
"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans" uchrashuvi 1 aprel kuni “O‘zbekiston” sport majmuasida soat 18:30 da boshlanadi.
SPORTS.uz axborot portali bo‘lajak bellashuvni onlayn tarzda foto, video va matnli translyatsiya yordamida keng yoritadi!
Fikrlar