
Va nihoyat! Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini aytdi
Madridning “Real” jamoasi sobiq murabbiyi Zinedin Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini aytib o‘tdi.
“Albatta, tez orda murabbiylik ishiga qaytaman. Bu menga yoqadi”, – dedi frantsiyalik mutaxassis TVE kanaliga bergan intervyusiga.
Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan 2016–2018 yillar davomida “Real”ni boshqarib, Ispaniya chempioni va ketma-ket uch marta EChL g‘olibi bo‘ldi.
Avvalroq “Manchester Yunayted” jamoasi 46 yoshli mutaxassisga qiziqayotgani haqida xabarlar berilgandi. Bundan tashqari, Zidan 2019 yil yozida shartnomasi tugaydigan “Yuventus” ustozi Massimiliano Allergi o‘rnini egallashi mumkinligi aytilgandi.
Fikrlar