"Valensiya" yozda "Levante" futbolchisini tekinga o‘z safiga qo‘shib oladi
“Levante” yarim himoyachisi Jeyson faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi yozda “ko‘rshapalaklar” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi va ular bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Jeyson “Levante” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 95ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer narxi 4 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar