
Vera Zvonaryova "US Open" turnirining asosiy to‘rida o‘ynaydi
Joriy yilning 27 avgust kunidan 9 sentyabr kuniga qadar Nyu York shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionati o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqaning asosiy to‘r bahslarida ishtirok etish uchun bir qator tennischilar saralash bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.
Saralash bahslarining finalida rossiyalik Vera Zvonaryova xitoylik Chju Linni 6:2, 4:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va turnirning birinchi davrasiga chiqdi.
Fikrlar