
Vitaliy Denisovning jamoasi Gollandiya klubiga yirik hisobda yutqazdi (video)
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suridagan Moskvaning “Lokomotiv” klubi ayni damda yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Yuriy Syomin boshchiligidagi “temiryo‘lchilar” bugun Gollandiyaning “Vitess” klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushishdi va kutilmaganda 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Ta’kidlash lozimki, hamyurtimiz esa ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar