WADA Cherishev ustidan tergov harakatlari boshlanganini tasdiqladi

  • 11.09.2018 13:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiya terma jamoasi a’zosi Denis Cherishev ustidan tergov harakatlari boshlanganini tasdiqladi.

“Bu ish bilan ayni damda Ispaniya antidoping agentligi shug‘ullanmoqda. Aynan ular WADA tekshiruv hulosalarini yuborishadi”, - deyiladi tashkilot xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Cherishev JCh-2018da Rossiya terma jamoasida 5ta o‘yinda 4ta gol urib, to‘purar bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!