WSB. Elnur Abduraimov uch karra jahon chempionini mag‘lub eta oladimi?
Dunyoning eng sara havaskor bokschilari o‘rtasidagi janglar start olishida bir necha soatlar qoldi. Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) chorak final javob uchrashuvida ishtirok etish uchun Gavanaga tashrif buyurgan “Uzbek Tigers” jamoasi “Cuba Domadores” vakillariga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yaqindagina 60 kg vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Elnur Abduraimov ushbu qarama-qarshilikda Olimpida o‘yinlari sovrindori va Jahon chempioni Lazaro Alvarezga qarshi jang qiladi. Ushbu musobaqaning o‘tgan yilgi mavsumida Alvazerga mag‘lub bo‘lgan hamyurtimiz ertangi bahsda «revansh» olish imkoniyatiga ega. Biroq bu mushkul ishni osonlikcha amalga oshirib bo‘lmaslikni barcha yaxshi bilib turibdi.
Boks bo‘yicha so‘nggi uchta Jahon chempionatida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kubalik engilmas bokschi ustidan g‘alaba qozonish ushbu bosqichning eng shov-shuvli natijasi sifatida qayd etilishi ham tabiiy hol bo‘lsa kerak.
Lazaro Alvarez
Tug‘ilgan sanasi: 28/01/1991
Bo‘yi: 165 sm
Asosiy zarbani chap qo‘lda beradi
Xalqaro arenalarda qo‘lga kiritgan sovrinlari:
2016 yil. XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari – Bronza medal sohibi
2015 yil. Boks bo‘yicha Jahon chempionati – Oltin medal sohibi
2013 yil. Boks bo‘yicha Jahon chempionati – Oltin medal sohibi
2012 yil. XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari – Bronza medal sohibi
2011 yil. Boks bo‘yicha Jahon chempionati – Oltin medal sohibi
Elnur Abduraimov
Tug‘ilgan sanasi: 10/04/1994
Bo‘yi: 170 sm
Asosiy zarbani chap qo‘lda beradi
2017 yil. Boks bo‘yicha Osiyo chempionati – Oltin medal sohibi
2015 yil. Boks bo‘yicha Jahon chempionati – Bronza medal sohibi
2015 yil. Boks bo‘yicha Osiyo chempionati – Bronza medal sohibi


Izohlar (0)