
Yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadigan "Neftchi" tayyorgarlikni boshlab yubordi
Kecha 22 dekabr kunidan boshlab Farg‘onaning "Neftchi" klubi Qirgulidagi qarorgohida yangi mavsum uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa futbolchilari dastlabki kun engil yugurish mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi. Ayni kunlarda mashg‘ulotlar Qirgulida davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsum Superligada so‘nggi o‘rinda qolib ketgan "Neftchi" yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadi.
Fikrlar