
Yulduzlarning omadsizligi, Evropa g‘alabasi, zamonaviy texnologiyalar yoxud JCh-2018 asosiy yakunlari (foto)
Frantsiyaning chempionligi rasmiylashtirildi, Luka Modrichning ajoyib o‘yini, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi jamoalari turnirni muddatidan oldin yakunlashdi, rekordlar va evropaliklar ustunligi – mundial yakunlari bilan tanishing.
Frantsiya o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylanib, muxlislariga bir olam quvonch bag‘ishladi. O‘sha mashhur Eyfel minorasi atrofiga 100 minglab tomoshabin yig‘ildi, jahonning eng katta muzeylaridan biri “Luvr”dagi Mona Liza “uchranglilar” futbolkasi kiydirildi, Pol Pogba “Lujniki” stadionida jahon chempionligi kubogi bilan raqsga tushdi…
Frantsuzlar bu natijaga osonlik bilan etib kelmadi. Bungacha Dide Desham shogirdlari bir necha yil qattiq mehnat qilib erishdi. Ikki yil muqaddam “uchranglilar” o‘z maydonlarida o‘tgan Evropa chempionatining finalida sensatsion tarzda Portugaliyaga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘yinchilar mundial finali oldidan ushbu natijaga erishishga ishonishgan.
Bu gal frantsuzlar o‘sha xatoni takrorlamadi va qahramon va bukilmas jamoasi Xorvatiyaga imkoniyat qoldirmadi – 4:2.
Turnir avvalida Frantsiya turnir favoriti sifatida e’tirof etilmagan edi. Ko‘pchilik Braziliyani jahon chempionligiga asosiy da’vogar deya baholangan. Shuningdek, Germaniya ham chempionlikni munosib himoya qilishi kutilgan edi, Frantsuzlar esa yaxshi natijalar qayd etishi mumkin deya hisoblangan ispanlar va belgiyaliklar qatoriga qo‘shildi.
Frantsiya-2018 chempionlik tituli uchun yo‘lni avvalroq Ispaniya-2010 va keyin Germaniya-2014 termasi singari bosib o‘tdi. Bir davlatdan etishib chiqqan ajoyib futbolchilar avlodi yakunda 4 yillikning eng nufuzli turnirida zafar quchishdi.
Bu fonda Ispaniya va Germaniya termalari avvalgidek kuchlarini saqlab qolgan edi, Belgiya esa bu natijaga eta olmadi (ularning “oltin avlodi” deyarli imkoniyatlarini yo‘qotib bo‘ldi), Braziliya esa boshqa tarix…
Braziliya – har doim Braziliya. Titeda ajoyib jamoa bor edi. Uning qo‘l ostida jamoa Roberto Martines boshchiligidagi Belgiya termasiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida deyarli qarshilik ko‘rsata olmadi.
Agar braziliyaliklar va frantsuzlar yarim finalda uchrashganda yaxshi bo‘lardi, ammo gap “uchranglilar” taktik jihatdan kuchliligida. Shu sabab “pentakampeonlar” bu jamoaning ikkinchi chempionlik yo‘lida to‘xtatib qolishi mushkul vazifa edi.
MODRICh — ENG YaXShI
Jahon chempionati finalida Frantsiya g‘alaba qozonganiga qaramasdan turnirning eng yaxshi futbolchisi degan nomga raqib jamoasi a’zosi o‘yinchisi loyiq topildi.
Xorvatiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich turnirning eng yaxshi futbolchisi. Uning bir o‘zi jamoasini hal qiluvchi o‘yinga qadar etaklab keldi. Ivan Rakitich, Mario Manjukich, Ivan Perishich, Deyan Lovren, Martselo Brozovich, Ante Rebich, Domagoy Vida va Daniel Subashich ham o‘rinlari sezildi, ammo Modrichsiz Xorvatiya termasining finalga etib kelishi amri mahol edi.
Luka – har qanday murabbiy uchun ideal futbolchi. U maydonda texnikasi va intizomi hamda o‘yinni yaxshi o‘qiy olishi, raqibning har qanday bosimiga chiday olishni biladi. Ayna Modrichning reaktsiyasi xorvatlarga barcha o‘yinlarda pley-offdan finalga qadar yo‘lni bosib o‘tishni ta’minladi.
Shunday bo‘lsada, jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi 19 yoshli frantsiyalik Kilian Mbappega nasib qildi. U finaldagi bilan hisoblaganda 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Oltin qo‘lqop” esa Belgiya posboni Tibo Kurtuaga, turnir to‘purarligi 6 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan Garri Keynga tegdi.
Umuman olganda nazariy jihatdan yozgi transferlar mavsumida Mbappe, Kurtua va Keyn Modrichning jamoadoshiga aylanishi mumkin.
Har uchala futbolchi ham “Real” prezidenti Florentino Peresning asosiy transferlar ro‘yxatidan o‘rin egallagan. Sababi so‘nggi besh yilda to‘rt marta Evropa chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan madridliklar tarkibida katta o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda.
NATIJALAR ChEMPIONATI
JCh-2018 qiziqarli voqealarga boy va ko‘plab natijalar o‘rnatilgan turnir sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Masalan Germaniya terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritib, keyingisida guruhdan chiqa olmagan to‘rtinchi Evropa jamoasiga aylandi.
Bu an’anani 2002 yili Frantsiya boshlab bergan, 2010 yili Italiya davom ettirdi, yana to‘rt yil o‘tib esa Ispaniya takrorladi.
So‘nggi beshta jahon chempionatida – 2002 yil Yaponiya va Janubiy Koreyadagi turnirda Braziliya zafar quchib, navbatdagi mundialda guruhdan chiqishning uddasidan chiqqan, biroq medallargacha etib bormagan.
JCh-2018da 163 o‘yinda 74 gol kiritildi. Standartlar urilgan gollar hissasi 43%ni tashkil qiladi. Bu 1966 yilgi JChdan beri jarimalardan eng ko‘p gol kiritilgan mundial bo‘ldi.
Finalda urilgan 6 gol oldingi to‘rtta jahon chempionatining hal qiluvchi bahslaridan sermahsulligi bilan ajralib turdi.
Bu mundialda o‘ziga xos yakkalik natijalar ham ko‘p o‘rnatildi. Frantsiya terma jamoasi ustozi Dide Desham germaniyalik Frants Bekkenbauer va braziliyalik Mario Zagallodan keyin ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida JChni qo‘lga kiritgan uchinchi odamga aylandi.
19 yoshli Mbappe final uchrashuvida gol urib, braziliyalik “futbol qiroli” Pelening JCh-1958da 17 yoshida qayd etgan natijasini takrorladi. O‘shanda Pele Shvetsiya termasi darvozasini ishg‘ol qilib, eng yosh futbolchiga aylangan edi.
“Uchranglilar” himoyachisi Rafael Varan frantsiyalik Kristian Karambyo, braziliyalik Roberto Karlos va germaniyalik Sami Xediradan keyin bir yilda JCh va EChLda zafar quchgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Qizig‘i, ularning barchasi “Real” safida ushbu natijani qayd etgan.
Finalda xorvatiyalik Mario Manjukich bitta jahon chempionatida avtogol bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bundan oldin ushbu “natija”ga gollandiyalik Erni Brandts (1978) erishgan.
Eng hayratlanarlisi, Frantsiya termasi safida asosiy tarkibda harakat qilgan Olive Jiru o‘tkazilgan 7 o‘yin va 546 daqiqada darvozaga bir marta zarba yo‘llay olmadi. Faqatgina “gol-pas” tizimida bitta golli uzatma bilan bir balni qo‘lga kiritdi.
"EVROPA ChEMPIONATI"
Bu turnir Evropa jamoalari uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanmadi. Yarim finaldan turnirda faqatgina “ko‘hna qit’a” jamoalari qolishdi.
Janubiy Amerika vakillari Braziliya va Urugvay esa chorak finaldayoq uylariga ravona bo‘lishdi. Afrika jamoalari guruh bosqichida ortlariga qaytgan bo‘lsa, Shimoliy Amerika va Osiyo jamoalari Meskika va Yaponiya pley-offda o‘ynashdi, har ikkisi ham yutqazishdi.
Bu to‘rtinchi marta ketma-ket Evropa jamoasi jahon chempioniga aylandi degani. Bunaqasi oldin umuman bo‘lmagan. Avvalroq “ko‘hna qit’a” jamoalari ikki marta ketma-ket dunyo birinchiligida zafar quchgan. O‘shanda – 1934 va 1938 yillarda Italiya termasi g‘olib chiqqan.
AFSONALARNING SO‘NGGI IMKONIYaTI
Rossiyada o‘tgan jahon chempionati besh martadan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messi uchun jahon kubogini yutish imkoniyatlarning oxirgisi bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.
Bir-biridan qolishmagan holda bu futbolchilar to‘p surgan terma jamoalar turnirning 1/8 finalidayoq ishtirokini to‘xtatishdi.
Portugaliya musobaqani Ispaniya (3:3) bilan jangovar durang qayd etib boshladi, Krishtianu Ronaldu dublni rasmiylashtirdi. Keyin u Marokashga (1:0) qarshi kechgan o‘yinda o‘z so‘zini aytdi. So‘nggi turda penaltidan gol ura olmadi va Eron bilan hisob 1:1.
1/8 finalda portugaliyaliklar “temir himoya”ga ega Urugvay bilan to‘qnashdi va Edinson Kavani dubli sabab turnirni tark etdi. Bunda ham Ronaldu gol ura olmadi – 1:2.
Lionel Messi Islandiyaga qarshi o‘yinda penalti aniq amalga oshira olmay turnirni boshladi – 1:1, keyin uning jamoasi xorvatlardan qaqshatqich zarba qabul qilib oldi – 0:3 va so‘nggi turda Nigeriyani qiyinchilik bilan taslim qildi. Messi hisobni ochgan bo‘lsa, Markos Roxo so‘nggi daqiqalarda g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.
Musobaqaning 1/8 finalida Janubiy Amerika vakilining yo‘lini Frantsiya termasi to‘sdi. Argentina Mbappe ushlay olmadi va sardorning ikkita golli uzatmasi g‘alaba uchun kamlik qildi.
Yana to‘rt yildan so‘ng Ronaldu bilan Messining Qatarga kelishi noma’lum. Shu sabab ularning jahon chempionatlarida bir-birlariga ro‘baro‘ kelish imkoniyati deyarli yo‘q. Agar ular o‘tgan mundialning 1/8 finalida zafar quchishganda Portugaliya va Argentina finalda to‘qnash kelardi...
TEXNOLOGIYaLAR VAQTI
Albatta, JCh-2018da tarixda ilk marta hakamlarga zamonaviy videotexnologiyalardan foydalanish imkoniyati berildi. Hakamlarga videoyordam tizimi VAR Rossiyadagi mundialning ajralmas qismi bo‘lib qoldi.
VAR yordamida turnir davomida ko‘plab muhim qarorlar chiqarildi. Penaltilar belgilandi, gollar hisobga olindi va bekor qilindi... Ikk marta hakam takroriy videolarni ko‘rib, 11 metrlik jarima zarbasini bekor qildi.
Senegal Kolumbiya (0:1) bilan bo‘lgan o‘yinda ushbu huquqdan mahrum qilindi. Bu uchinchi turning eng ahamiyatli voqealaridan biri bo‘ldi. Braziliyalik Neymarning Kosta-Rikaga qarshi o‘yindagi simulyatsiyasi hech kimda shubha qoldirmadi.
Bir gal hakam Krishtianu Ronalduni Eron bilan bo‘lgan o‘yinda raqibini tirsagi bilan urgani uchun jazolashga qaror qildi va sariq kartochka loyiq deb topilgan vaziyatni qayta ko‘rib, qarorini o‘zgartirdi. Bundan eronliklarning hafsalasi pir bo‘ldi va chetlatishni talab qildi.
Yangi tizim yordamida finalda penalti belgilandi. Antuan Grizmann bunda adashmadi. Garchi bu gol g‘alaba to‘pi bo‘lmagan bo‘lsada, aynan shu gol frantsuzlarning raqiblari ustidan ustunligini ta’minladi.
FUTBOL TARIXIDAGI ENG YaXShI ChEMPIONAT
Mundial yakunida faqatgina sport natijalari emas, balki bir oy davomida Rossiyada o‘tgan turnir atrofidagi atmosfera ham o‘zgacha bo‘ldi.
Mundialga qadar ko‘pchilik Rossiyaning bunday yirik turnirni yuqori darajada o‘tkazishidan xavfsiragan edi. OAV, ayniqsa Britaniya nashrlari mamlakatdagi muammolar va xalqlarning tajovuzkorligi bilan qo‘rqitdi, ammo...
Rossiya chempionatni yuqori darajada tashkil qilib, chempionat oldidan bo‘lgan noxush fikrlarni o‘zgartirib yubordi.
Final oldidan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino o‘z nuqtida bu mundial tarixdagi eng yaxshisi deya e’tirof etdi va , amaldorlarning qing‘ir ishlarga qo‘l urmagani va chempionat “toza” o‘tganini ta’kidladi.
So‘nggi oy turli xalqlarning madaniyatlari jam bo‘lgan Rossiya dunyo markazida bo‘ldi.
TURNIR MEZBONI HAQIDA...
Va albatta, musobaqa oldidan Rossiya terma jamoasining bu natijasiga ishonmagan edi, ammo jamoa ajoyib o‘yin namoyish qildi va bundan yorqin xotiralar qoldi.
Stanislav Cherchesov va uning jamoasi muxlislarga guruhda Saudiya Arabistoni, Misr va Urugvay bilan o‘ynab, dastlabki ikki o‘yinda g‘alabasi evaziga bir olam quvonch bag‘ishladi.
Keyin pley-offda Rossiya sensatsion tarzda favoritlar qatorida baholangan Ispaniya termasini penaltilar seriyada turnirdan chiqarib yuborgan.
Chorak finalda Xorvatiya bilan o‘yin dramatik tarzda o‘tdi. Bunda Cherchesov shogirdlari asosiy vaqtdan o‘tib, qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, biroq ikkinchi marta ketma-ket penaltilar seriyasi ruslar uchun muvafaqqiyatsiz yakunlandi.
Bungacha Rossiya termasi jahon chempionatlarida hech qachon pley-offga chiqa olmagan, chorak final haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Ammo, sobiq SSSR bir marta 1966 yili jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Manba: gazeta.ru
Fikrlar