"Yuventus" Manjukichga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi o‘zining asosiy hujumchisi Mario Manjukich bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “keksa sinora” 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga 2022 yoki 2023 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qiladi. Eslatib o‘tish lozimki, Manjukichning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.
Ma’lumot uchun, Mario “Yuve” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 145ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 42ta gol hamda 20ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar