
"Yuventus" ham Eriksen uchun kurashga qo‘shildi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen uchun yana bir da’vogar paydo bo‘ldi.
Tuttosport tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli daniyalik futbolchiga “Yuventus”dan ham qiziqish bo‘lmoqda. Turin super klubi o‘zining markaziy chizig‘ini aynan Eriksen bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Eriksenni “Barselona” va “Real” klublari ham o‘z safida ko‘rishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “shporlar” safida 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning transfer bahosi 80 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar