"Yuventus" himoyachisi "Roma"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Daniele Rugani tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Corrierre dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi faoliyatini "Roma"da davom ettirishga yaqin turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda rimliklar sport direktori Ramon Monchi allaqachon Rugani bilan bu borada bog‘langan va uni Rimga olib o‘tish masalasida gaplashgan.
Aytish kerakki, Rugani hozir “Yuve”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti va shu sababli ham “Roma”ga o‘tishga rozilik bildirishi mumkin. U joriy mavsum “keksa sinora” safida bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar