"Yuventus"ga "Arsenal" etakchisi kerak

  • 26.09.2018 07:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning "Yuventus" klubi "Arsenal" xavbeki Aaron Remziga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “keksa sinora” 27 yoshli uelslik futbolchini joriy mavsum yakunlangach, yakuni uning “kanonirlar” bilan shartnomasi nihoyasiga etgach tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bundan tashqari “Yuve” futbolchiga katta maosh ham to‘lamoqchi emas.

Ta’kidlash kerakki, Remziga shuningdek "Milan" hamda "Latsio" klublaridan ham qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Remzi joriy mavsum “Arsenal” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!