
"Yuventus"ning asosiy himoyachilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Joau Kanselu jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda portugaliyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi va shundan so‘ng bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Kanselu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 14ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 4ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar