Zeedorf kelajakda APLda ishlamoqchi

  • 20 noyabr, 2018, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Kamerun terma jamoasiga ustozlik qilayotgan yaqin o‘tmishning eng zo‘r futbolchilaridan biri Klarens Zeedorf kelajakda APLda ishlash niyati borligini aytib o‘tdi.

“Kim ham premer-ligada ishlashni xohlamasligi mumkin? Men APLda hech qachon o‘ynamaganman, lekin umid qilamanki, qachondir murabbiy sifatida bu erda o‘zimni sinab ko‘raman. Bu hozir dunyodagi eng qiziqarli chempionat. U erda ishlash men uchun faxr bo‘lardi”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 42 yoshli Zeedorf bundan avval “Milan”, “Shenchjen” va"Deportivo" kabi klublarni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!