Zinchenko "Manchester Siti"da qoladiganga o‘xshayapti
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida AQShdagi turnega boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, jamoaning ukrainalik yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko ushbu tarkibga kiritildi. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “shaharliklar” 21 yoshli futbolchini sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘z navbatida Zinchenkoga “Fulxem”, “Nyukasl” va “Vulverxempton” kabi klublar qiziqish bildirishayotgan edi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" 11 kunlik turne davomida "Borussiya" Dortmun, "Liverpul" hamda "Bavariya" klublariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi.



Fikrlar