
Zola: Eden dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri
“Chelsi” jamoasi murabbiyi Janfranko Zola “Liverpul”ga qarshi kechgan Angliya liga Kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Italiyalik mutaxassis Eden Azarning o‘yini haqida to‘xtadi.
Londonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda belgiyalik yarim himoyachi jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.
“Eden nafaqat Evropada, balki dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Bunga shubha yo‘q. Bugun u tomondan kiritilgan gol buning yaqqol dalili. U kundan kunga kuchayib bormoqda. Azar nafaqat kerakli vaqtda yordam beradi, balki buni chiroyli amalga oshiladi”, – dedi Zola.
Fikrlar