A Seriya: 18-tur ramziy termasi e’lon qilindi. "Roma"dan bitta futbolchi kiritildi

  • 20 dekabr, 2021, 15:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 18-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. 

Tecno

So‘nggi turning eng yaxshi futbolchisi, deb "Inter" yarim himoyachisi Hoqon Chalhono‘g‘lu topildi. Havbek "Salernitana"ga qarshi bahsda ikkita golga assistentlik qilgandi. 

Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" ushbu turda "Atalanta"ni 4:1 hisobida engdi. Dublga erishgan Abraxam ham eng yaxshilar qatoridan joy oldi.

Quyida to‘liq jamoa bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

Darvozabon: Konsili («Sassuolo»);

Himoyachilar: Kuadrado («Yuventus»). Raxmani («Napoli»), Dambrozio («Inter»), Kiryakopulos («Sassuolo»);

Yarim himoyachilar: Pedro («Latsio»), Makengo («Udineze»), Chalhono‘g‘lu («Inter»), Kyuin («Venetsiya»);

Hujumchilar: Abraxam («Roma»), Deulofeu («Udineze»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!