A Seriya. "Inter" dahshatli kambek amalga oshirib, yirik hisobda g'alaba qozondi

  • 24.01.2026 02:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasi 22-turining ilk bahsida "Inter" oʻz maydonida "Piza"ni qabul qilib, 6:2 hisobida magʻlub etdi. Milanliklar super kambek amalga oshirgan holda, muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Dastlab, Stefano Moreo 11 va 23-daqiqalarda gollar urib, dublni rasmiylashtirgan edi. Lekin Pyotr Zelinskiy (39), Lautaro Martines (41), Fransesko Pio Esposito (45+2), Federico Dimarko (82), Anj-Yoan Bonni (86) va Genrix Gamletovich Mxitaryan (90+3) gol urib, jamoasiga yirik gʻalabani taqdim etdi. 
 
Maʼlumot uchun, "Inter" ushbu bellashuvdagi gʻalabasi orqali ochkolar sonini 52 taga yetkazib olib, 2- oʻrindagi "Milan" bilan farqni 6 tagacha oshirib oldi. Allegri shogirdlari bu turdagi oʻz oʻyinini endi oʻtkazadi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
2930.png

Inter

  • Piotr Zieliński 39'
  • Pio Esposito 45'
  • Lautaro Martínez 41'
  • Federico Dimarco 82'
  • Ange-Yoan Bonny 86'
  • Henrikh Mkhitaryan 90'
Tugadi
6 : 2

24.01.2026 00:45

1072.png

Pisa

  • Stefano Moreo 11'
  • Stefano Moreo 23'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!