A Seriya. "Inter" safarda "Verona"ni ayab o‘tirmadi
Jahongir Inomjonov
"Neradzurrilar" birinchi pog‘onaga ko‘tarildi
A Seriyaning 13-turidan o‘rin olgan "Verona" va "Inter" qarama-qarshiligida mehmonlarning qo‘li baland keldi.
Mazkur bahsda "qora-ko‘klar" 0:5 hisobida mezbonlardan ustun keldi. "Neradzurrilar" birinchi bo‘limning o‘zida o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi.
Gollarga Xoakin Korrea (17'), Markus Tyuram (22, 25), Stefan de Vrey (31), Aurel Bisseklar (41') mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Inter" "Napoli"ni quvib o‘tdi va turnir jadvalida birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Izohlar (0)