A Seriya. "Jenoa" ilk turdayoq "Inter"ga yirik hisobda yutqazdi

  • 22 avgust, 2021, 00:16
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan Italiya A Seriyasi yangi mavsumiga start berildi. Amaldagi chempion "Inter" o‘z maydonida "Jenoa" ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Milan Shkrinyar tezkor goli bilan hisobni ochdi. O‘z debyutini nishonlagan Chalxono‘glu 14-daqiqada jamoasining ikkinchi golini kiritdi. O‘yin yakuniga qadar Vidal hamda yana bir debyutant Edin Jeko hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa, onlayn jadvalda "Inter" peshqadamga, "Jenoa" esa autsayderga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!