A Seriya. "Milan"ning g‘alabasiz seriyasi davom etadi. Bu safar "Udineze" milanliklarni taslim qildi

Italiya A Seriyasida 11-tur bahslari davom etadi. Ushbu turda "Milan" o‘z maydonida "Unideze"ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Uchrashuvning 62-daqiqada hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarimani Roberto Pereyra aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 

Shu tariqa, "Udineze" uyiga 3 ochko bilan qaytdi. Klub turnir jadvalida 16-o‘ringa chiqib oldi. "Milan" esa 3-pog‘onada ketmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!