A Seriya. "Napoli" dastlabki daqiqalarda kiritilgan gol evaziga muvaffaqiyatga erishdi
Italiya A Seriyasining 21-turida Antonio Konte boshqaruvidagi "Napoli" o‘z maydonida "Sassuolo"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Bellashuvdagi yagona golni esa 7-daqiqada Stanislav Lobotka kiritdi. Slovakiyalik yarim himoyachining ushbu goli neapolliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, onlayn turnir jadvalidа "Inter" 21 ta o‘yin o‘tkazgan holda, 49 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. "Milan" esa 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 43 ochko to‘pladi va 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘rindagi "Napoli" hisobida ham 43 ochko mavjud. Lekin jamoa 21 ta to‘qnashuvda maydonga tushgan.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Napoli
- Stanislav Lobotka 7'
Tugadi
1
:
0
17.01.2026 22:00
Fikrlar