
A Seriya. "Napoli" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi
A Seriya 27-turidan o‘rin olgan "Latsio" - "Napoli" bahs yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Neapolliklar safida Insine va Fabian Ruis gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Burgutlar"dan bu gollarga Ledesma bir bora javob qaytardi.
Shu tariqa, "Napoli" ochkolari sonini 57 taga etkazib olgan holda, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. 43 ochkosi bor "Latsio" 7-pog‘onani band etgan.
Fikrlar