
A Seriya. "Napoli" "Udineze" bilan durang o‘ynab, Italiya chempioniga aylandi
A Seriya 33-turidan o‘rin olgan "Udineze" - "Napoli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Sandi Lorvich 13-daqiqada hisobni ochdi. Osimxen 52-daqiqada muvozanatni tikladi va o‘yinda boshqa gol kiritilmadi.
Ochkolari sonini 80 taga etkazib olgan neapolliklar muddatidan avval Italiya chempionati g‘olibiga aylandi.
Fikrlar