
A Seriya ramziy jamoasidan "Napoli"ning besh nafar futbolchisi o‘rin egalladi (ESPN)
Xvicha Kvaratsxeliya ESPN talqiniga ko‘ra, A Seriya ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
"Napoli" yarim himoyachisi besh nafar jamoadoshi bilan ushbu ro‘yxatdan joy oldi. Bosh murabbiy Luchano Spaletti esa yilning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.
ESPN talqiniga ko‘ra, A Seriya ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabon: Ivan Provedel ("Latsio");
Himoyachilar: Djovanni Di Lorentso ("Napoli"), Kim Min Je ("Napoli"), Lukas Martines Kuarta ("Fiorentina"), Karlos Augusto ("Montsa");
Yarim himoyachilar: Nikolo Barella ("Inter"), Stanislav Lobotka ("Napoli"), Xvicha Kvaratsxeliya ("Napoli");
Hujumchilar: Rafael Leau ("Milan"), Lautaro Martines ("Inter"), Viktor Osimxen ("Napoli").
Fikrlar