A Seriya. "Roma" 7 yildan so‘ng Chempionlar ligasiga qaytdi, "Yuventus" esa Yevropa ligasida o‘ynaydi

  • 25.05.2026 02:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriyaning 38-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

"Roma" safarda "Verona"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Dastlab, 56-daqiqada Doniell Malen hisobni ochgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada Stefan El-Shaaravi oradagi farqni ikkita oshirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi — 2:0.

Shu tariqa, rimliklar 73 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jan Piero Gasperini shogirdlari kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Shuningdek, "Yuventus" — "Torino" uchrashuvida jangovar durang qayd etildi. Turinliklar mavsumni 69 ochko bilan 6-pog‘onada yakunladi va jamoa Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
1123.png

Hellas Verona

Tugadi
0 : 2

24.05.2026 23:45

37.png

Roma

  • Donyell Malen 56'
  • Stephan El Shaarawy 90'

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
613.png

Torino

  • Cesare Casadei 60'
  • Ché Adams 84'
Tugadi
2 : 2

25.05.2026 00:45

625.png

Yuventus

  • Dušan Vlahović 24'
  • Dušan Vlahović 54'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!