
A Seriya. Ronaldu "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
"Juzeppe Meatstsa" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 7-daqiqada Raja Nainggolan o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. 62-daqiqada esa Miralem Pyanichning uzatmasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi va bellashuvda boshqa hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa muddatidan oldin chempion bo‘lib ulgurgan "Yuventus" hisobidagi ochkolar soni 88 taga etdi. "Neradzurrilar" esa 62 ochko bilan 3-pog‘onada borishmoqda.
Fikrlar