
A Seriya. "Yuventus" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
10-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Verona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda turinliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 96-daqiqada urildi. Kambiaso boshi bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Yuventus" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar