A Seriya. "Yuventus" uyida "Roma"ni taslim etib, farqni 1 tagacha qisqartirdi

  • 21.12.2025 02:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya A Seriyasining 16-turidan o‘rin olgan bahsda "Yuventus" klubi o‘z maydonida Rimning "Roma" jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lub qildi. 
 
To‘qnashuvning 44-daqiqasida Fransishku Konseysau turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 70-daqiqaga kelib esa Lois Openda farqni 2 tagacha etkazib qo‘ydi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Tommazo Baldantsi rimliklarning o‘yindagi ilk golini kiritdi, biroq jamoa qolgan vaqtda hisobni tenglashtira olmadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Yuventus" ochkolar sonini 29 taga etkazib olib, 5-o‘rinni mustahkamladi va 4-o‘rindagi "Roma" bilan farqni 1 tagacha qisqartirdi.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
625.png

Yuventus

  • Francisco Conceição 44'
  • Loïs Openda 70'
Tugadi
2 : 1

21.12.2025 00:45

37.png

Roma

  • Tommaso Baldanzi 75'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!