A Seriya. "Yuventus" yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi
Italiya A Seriyasining 10-turida "Yuventus" va "Kremoneze" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur bellashuvda turinliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsning 2-daqiqasidayoq Filip Kostich hisobni ochib, "Keksa sinora"ni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada esa Andrea Kambiaso hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shunga qaramay, asosiy vaqt yakunlanishiga oz qolganida Jeymi Vardi oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi — 2:1.
Shu tariqa, Luchano Spalletti "Yuventus" bosh murabbiyi sifatidagi debyut o‘yinida 3 ochko qo‘lga kiritdi. Hozirda jamoa 18 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
- Italiya - A Seriya
- Joriy Mavsum
Cremonese
- Jamie Vardy 83'
Tugadi
1
:
2
02.11.2025 00:45
Yuventus
- Filip Kostić 2'
- Andrea Cambiaso 68'
Fikrlar