A Seriya. "Yuventus" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 02.02.2025 18:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" A Seriyaning 23-turida "Empoli"ni 4:1 hisobi bilan mag‘lub etdi.

4-daqiqada Mattia De Shilo o‘zining sobiq jamoasi "Yuventus" darvozasiga gol urdi. 61-daqiqada hisobni ochgan Randal Kolo-Muani 64-daqiqada dubl qayd etdi.

90-daqiqadagi Dushan Vlaxovich va 92-daqiqada esa Fransishku Konseysauning gollari turinliklarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, Tiago Motta jamoasi 4 ta o‘yindagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!