A Seriyada navbatdagi iste’fo yuz beradi
“Fiorentina” klubi rahbariyati bosh murabbiy Vinchentso Montellani iste’foga chiqaradi. Bu haqda Sky Sport Italy nashri muxbiri Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “binafsharanglilar” rahbariyati kecha A Seriyaning 17-turidan o‘rin olgan “Roma”ga (1:4) qarshi o‘yinda uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng shunday qarorga kelishgan.
Ma’lumot uchun, “Fiorentina” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 17 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar