
Abbosbek Fayzullaev g‘alabadan so‘ng penalti tepishi, muxlislar va boshqalar haqida gapirdi
TsSKA yarim himoyachisi hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev Rossiya Kubogi doirasidagi "Sochi" bilan bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Bellashuv jangovar ruhda o‘tdi va ikki jamoa oxirigacha kurashdi. Muxlislarga rahmat aytaman, ular bizni so‘nggigacha qo‘llab turishdi. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman!
O‘z uyimizdagi ikkinchi o‘yinimni o‘tkazdim. Tomoshabinlar oxirigacha qo‘llashdi va biz g‘alaba qozondik.
Penalti tepishimni tayinlashgandi. Lekin o‘zim ham tepishni xohladim, ishonchim yuqori edi.
Hozir jamoadagi barcha bilan aloqam yaxshi. Klubga birinchi kelganimda Sasha bilan ko‘p gaplashardim. U farzandli bo‘lgani uchun oilasining oldiga ketgan. Uni tabriklayman. Qolaversa, bugun men ham jiyanli bo‘ldim.
Sashadan tashqari, Gleb, Kislyak, Lukin va umuman barcha bilan yaxshi aloqadaman, - dedi Abbosbek Fayzullaev.
Fikrlar