Abduqodir Husanov bu mavsum APLdagi nechta uchrashuvda ishtirok etdi?

  • 05.01.2026 00:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugun "Manchester Siti" Angliya Premier-ligasining 20-turida "Chelsi" bilan bahs olib bormoqda. Uchrashuvning 50-daqiqasida Gvardiol jarohat olib, maydonni tark etdi. Xorvatiyalik himoyachining o‘rniga esa hamyurtimiz Abduqodir Husanov zahiradan maydonga tushdi. 
 
Bu bahs Husanov uchun ushbu mavsum APLdagi oltinchisi bo‘ldi. Bundan avval terma jamoamiz a’zosi 1-turda "Vulverxempton"ga qarshi 8 daqiqa harakat qilgan. "Brayton" va "Manchester Yunayted"ga qarshi bellashuvlarda esa 85 hamda 90 daqiqa maydonda o‘ynagan. Shundan so‘ng "Arsenal"ga qarshi bir bo‘lim to‘liq harakat qilib, jarohat olgan holda almashtirilgan edi. Bundan tashqari, dekabr oyining o‘rtalarida "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda 67-daqiqada zahiradan maydonga tushgan. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 7 yanvar kuni "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi. Gvardiolning yo‘qligi bois, vakilimizning maydonga tushish ehtimoli yuqoriroq.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!