Abduqodir Husanov "Manchester Siti"dagi eng katta orzusini oshkor qildi!
"Manchester Siti" hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov shaharliklar safidagi eng katta orzusini aytdi.
"Bu klub uchun o‘ynayotganimdan faxrlanaman. "Siti"ning uyda ham, safarda ham bizni katta qo‘llab-quvvatlaydigan ajoyib muxlislari bor. Bu futbolkani kiyish katta mas’uliyat.
Ularning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim. Hatto qiyin pallalarda ham ular doim biz bilan. Shuning uchun ularga shaxsan minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Biz ular uchun yanada ko‘proq sovrinlar yutishni xohlaymiz. Albatta, mening maqsadim — Chempionlar ligasini yutish", — deya ta’rif berib o‘tdi yosh futbolchimiz.
Eslatib o‘tamiz, Husanov "Siti"da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar